
Chempion “Inter” tarqalib ketadimi?
“Inter” futbolchilari “Yuventus” gegemonligiga barham berib, Italiya chempionligiga sazovor bo‘ldi.
Shunga qaramay, milanliklarga skudettoni olib bergan asosiy futbolchilarning aksariyati chempionlik mavsumidan so‘ng, yozda boshqa klublarga o‘tib ketishni rejalashtirmoqda.
Xususan, argentinalik hujumchi Lautaro Martines Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tmoqda. Bu futbolchiga Madrid klublari – “Real” va chempionlik unvoniga sazovor bo‘lgan “Atletiko” xaridor bo‘lmoqda. Futbolchining agenti bu klublar bilan muzokaraga kirishgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
O‘tgan yili “Barselona” Lautaroni o‘z safiga qo‘shib ololmagandi.
Bundan tashqari, Evropaning qator qudratli klublari Romelu Lukaku, Nikolo Barella, Ashraf Hakimi va Alessandro Bastoni kabi etakchi futbolchilarni o‘z safiga chorlamoqda.
Milanliklar Evropa futbolida kuzatilayotgan moliyaviy inqiroz tufayli ayrim etakchilarini sotishga majbur bo‘lmoqda.
Fikrlar