Chempion jamoa “Barsa” futbolchisini o‘ziga og‘dirib olmoqchi

  • 19.11.2025 12:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi Xuan Ernandes Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” skautlari e’tiboriga tushdi.

Ispaniyalik o‘yinchining shartnomasida uni 6 million evroga transfer qilish bo‘yicha band bor. Biroq parijliklar uni bepul qo‘lga kiritmoqchi.

Gap shundaki, Xuan Ernandesning kataloniyaliklar bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Ernandes yanvarda istalgan klub bilan muzokara olib borishi huquqiga ega.

Parij superklubi mutasaddilari bundan foydalangan holda iste’dodli futbolchini “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolamay, yozda Frantsiyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

“Barselona” mutasaddilari ham iste’dodli o‘yinchi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti. Lekin hozircha tomonlar bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik mavsum davomida Xuan Ernandesni bir necha marotaba asosiy jamoa uchrashuvlari qaydnomasiga kiritgan bo‘lsa-da, hali debyut qilishga imkon bergani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!