
Chempionlar ligasining keyingi mavsumiga yo‘l olgan 16 ta jamoa nomi ma’lum
Milliy chempionatlar asta-sekin yakunlanib, jamoalar Chempionlar Ligasiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritmoqda.
Turnirning asosiy bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Ularning 16 tasi allaqachon ma’lum bo‘ldi:
Angliya: "Liverpul".
Italiya: "Napoli", "Inter", "Atalanta".
Ispaniya: "Barselona", "Real Madrid", "Atletiko".
Germaniya: "Bavariya", "Bayer".
Frantsiya: PSJ, "Marsel", "Monako".
Niderlandiya: "Ayaks", PSV.
Chexiya: "Slaviya".
Gretsiya: "Olimpiakos".
Chempionlar ligasining umumiy bosqichida har bir jamoa sakkizta o‘yin o‘tkazadi - to‘rttasi o‘z maydonida va to‘rttasi safarda. Natijada eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqadi, qolgan o‘n oltita jamoa esa pley-off bosqichida o‘ynaydi.
Fikrlar