
Chexiya go‘zali Brisbenda g‘olib bo‘ldi
Avstraliyada ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan "Brisbane International" musobaqasida chexiyalik Karolina Plishkova bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Final uchrashuvida Karolina amerikalik Medison Kizni uch setda 6:4, 4:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi o‘n oltinchi sovringa ega bo‘ldi.
Mazkur sovrin chexiyalik tennischiga 260 ming AQSh dollari pul mukofoti va 470 reyting ochkosini keltirdi.
Fikrlar