
Chili terma jamoasi Amerika kubogidan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Inter"ning chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal 2021 yilgi Amerika Kubogi oldidan koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi. Bu haqda futbolchi o‘zining instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Men Covid-19 ga chalindim, afsus. Shu sababli yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda terma jamoaga yordam berolmayman, ammo jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Tez orada sog‘ayib, yana Chili terma jamoasi libosini kiyaman”, - deydi Vidal.
Amerika kubogi joriy yilning 13 iyunidan 10 iyuliga qadar Braziliyada bo‘lib o‘tadi. Chili guruh bosqichida Argentina, Paragvay, Boliviya va Urugvayga qarshi o‘ynaydi.
Vidal yakunlangan mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar