Chimkent-Toshkent do‘stlik velomarafonining g‘oliblari aniqlandi
Chimkent shahrining hokimiyati oldidan start olgan poyga Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi oldida yakun topdi.
130 kilometrli masofaga o‘tkazilgan mazkur velopoygada nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘iston, balki boshqa mamlakat vakillari ham ishtirok etishdi. O‘tkazilgan murosasiz bellashuvda qozog‘istonlik Aleksey Sedorenko marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Chimkent – Toshkent velomarafoni, 130 km.
1-o‘rin: Aleksey Sedorenko (Qozog‘iston)
2-o‘rin: Metyu Rayt (Angliya)
3-o‘rin: Shohruh Yunusov (O‘zbekiston)
Shuningdek, taqdirlash marosimida musobaqada ishtirok etgan eng yoshi katta sportchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi. Unda ayollar orasida Svetlana Isaeva (50 yosh) va erkaklardan Xursand Sherov (61 yosh) o‘zlari uchun atalgan maxsus sovg‘ani qabul qilib olishdi.
- Tadbir a’lo darajada tashkil qilingan. Bojxona va chegara bo‘yicha ham muammo bo‘lmadi. Toshkentga ko‘p kelardim, ammo bunday keng va chiroyli ko‘chalardan, betakror arxitektura ishlaridan birinchi bor bahramand bo‘lyapman. Ommaviy sport tadbirlari insonlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi. Bunday tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga katta xizmat qiladi. Poygada g‘alaba qozonganimdan xursandman va sizlarni ham o‘z yurtimizda o‘tadigan ommaviy sport tadbirlariga chorlab qolaman, – dedi musobaqa g‘olibi Aleksey Sedorenko.
Fikrlar