Coca Cola Superliga. Bugun ikkita o‘yin bor
Bugun Coca Cola Superligasida 15-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Kun doirasidan ikki uchrashuv o‘rin olgan bo‘lib, ularning dastlabkisi soat 17:00 da start oladi. Unda "Qo‘qon-1912" jamoasi Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bellashuv "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
17:30 da esa "Mash’al" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshlanadi. Ushbu o‘yin "Mahalla" telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar