Coca Cola Superligasi avgust so‘ngigacha markazlashgan holda o‘tadi. O‘yinlarning sanasi ham ma’lum

  • 3 avgust, 2020, 18:36
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun — 3 avgust kuni Coca Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va rahbarlari, shuningdek, O‘zPFL va O‘FA rahbariyati chempionat uchrashuvlarini qanday davom ettirish yuzasidan fikr almashdi. Yig‘ilishga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev boshchilik qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Mavjud sharoitdan kelib chiqib, avgust oyi so‘ngiga qadar Superliganing birinchi davra uchrashuvlari markazlashgan holda Toshkent shahri va viloyati stadionlarida o‘tadigan bo‘ldi. Bunda asosiy jamoalar tabiiy maydonlarda, U-21 jamoalari esa sun’iy maydonlarda uchrashuv o‘tkazadi.

Qayd etish kerak, O‘zPFL mazkur yig‘ilishda musobaqalarni o‘tkazish yuzasidan ikki xil variantni prezentatsiya qildi. Shuningdek, ayni holat hamda taqvimdagi noqulayliklar borasida tushuntirish berildi, markazlashgan musobaqaning afzalliklari va kamchiliklari slayd ko‘rinishida tushuntirildi. Shundan so‘ng, klublar vakillariga o‘zaro fikr almashish uchun tanaffus berildi. Yakunda markazlashgan turnir loyihasi klublar vakillari tomonidan ma’qulladi. 

Kelishuvga ko‘ra, hech bir jamoa o‘z maydonida uchrashuv o‘tkazmaydi. Barcha uchrashuvlar neytral stadionda o‘tkaziladi. Klublar o‘zlari tanlab olgan qarorgohda istiqomat qiladi va u erdan faqatgina mashg‘ulot hamda o‘yinlarga ruxsat etilgan avtomobilida qatnaydi.

O‘zPFL pandemiya davrida futbol uchrashuvlarini qayta tiklash shartlari aks etgan reglamentni taqdim etdi. Avgust oyidagi o‘yinlar davomida mana shu reglamentga amal qilinishi nazorat qilinadi. O‘zPFL tibbiyot xodimlaridan iborat komissiya tuzishni rejalashtirgan. Mazkur komissiya klublardagi holatni o‘rganib boradi.

Chempionatning ikkinchi davrasi va hamda kubok uchrashuvlarining qayt tartibda o‘tishi masalasi keyinroq muhokama etiladigan bo‘ldi. Buning uchun milliy terma jamoaning Tojikiston va Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishi yoki tushmasligi masalasi to‘liq hal etilishi lozim. Shundan keyingina kuz fasli uchun navbatdagi rejalarni ishlab chiqish mumkin. Katta ehtimol bilan formatning o‘zgarishi mumkinligi, shundan kelib chiqib, jamoalar turnir jadvalidagi o‘rinlarini yaxshilab olish uchun jiddiy bel bog‘lashlari tushuntirildi. Holat bir necha oylik rejalar ishlab chiqish imkonini bermaydi. Terma jamoalardan tashqari OFK miqyosida o‘tadigan Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi hamda O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati masalasi bilan bog‘liq yangiliklar ham har qanday rejaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zPFL termalar bilan bog‘liq jarayonlar hal etilishiga, avia va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga hamda karantin qoidalarining yana bir qator me’yorlari o‘zgarishiga qarab keyingi rejalarni ochiqlab boraveradi.

Quyida o‘yinlar jadvali bilan tanishish mumkin. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o‘tishiga yaqin kunlar ichida oydinlik kiritiladi.

9-tur

14 avgust, Juma

 Buxoro

-

Bunyodkor

 

10-tur

17 avgust, Dushanba

Nasaf

-

So‘g‘diyona 

Bunyodkor

-

Metallurg

AGMK

-

Lokomotiv

18 avgust, Seshanba

Qo‘qon-1912

-

Paxtakor

Mash’al

-

Andijon

Qizilqum

-

Buxoro 

19 avgust, Chorshanba

Surxon

-

Navbahor 

 

11-tur

20 avgust, Payshanba

So‘g‘diyona

-

Bunyodkor

21 avgust, Juma

Paxtakor

-

Nasaf

Andijon

-

AGMK 

Lokomotiv

-

Qo‘qon-1912

22 avgust, Shanba

Navbahor

-

Mash’al

Metallurg

-

Qizilqum

Buxoro

-

Surxon

 

12-tur

24 avgust, Dushanba

Nasaf

-

Bunyodkor

Qo‘qon-1912

-

Andijon

Paxtakor

-

Lokomotiv

25 avgust, Seshanba

AGMK

-

Navbahor  

Surxon

-

Metallurg

Qizilqum

-

So‘g‘diyona

26 avgust, Chorshanba

Mash’al

-

Buxoro

 

13-tur

27 avgust, Payshanba

Andijon

-

Paxtakor

Lokomotiv

-

Nasaf

28 avgust, Juma

So‘g‘diyona

-

Surxon

Navbahor

-

Qo‘qon-1912

Bunyodkor

-

Qizilqum

29 avgust, Shanba

Buxoro

-

AGMK

Metallurg

-

Mash’al f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
03/08/2020 19:41
Узбекистон футболи хичкачон ривожланмайди бунака китишда 000000
Рашид Хожаханов
04/08/2020 08:54
Нима учун Агмк га таквим кулай тузилди хар турда бошка командалардан бир кун куп дам олади. Аксинча асосий ракиби Навбахор га кийин хар турда уч кун дам олади. Миржалол Косимов билан бирга тузилдими. Диёр холис ишла ишласанг.