Daniel Dyubua: "Aleksandr Usikni nokautga uchratib, barcha kamarlarga ega chiqaman"

  • 20 may, 18:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik taniqli bokschi Daniel Dyubua ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi revansh haqida gapirdi.

“Hammasi yaxshi ketmoqda, hozir ajoyib formadaman, bo‘lajak jangga 100 % tayyorman. Usikni dahshatli tarzda nokautga uchratib, barcha kamarlarga ega chiqaman" - dedi Daniel.

Eslatib o‘tamiz, Usik va Dyubua o‘rtasidagi birinchi jang 2023 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan va unda ukrainalaik to‘qqizinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Revansh esa 19 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!