
Darvozani Frantsiya va Italiya chempioniga topshiramiz!
Tutto Mercato Web saytining ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati darvozabon masalasini ham hal qilishni rejalashtirmoqda.
“Aristokratlar” kelasi yozda “Milan” va Frantsiya terma jamoasi posboni Mayk Menyanni Angliyaga ko‘chirib kelmoqchi.
“Milan” golkiper bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Biroq Menyan talab qilayotgan maosh milanliklarga og‘irlik qiladi. Ayni paytda uch million evroga yaqin maosh olayotgan Mayk yangi bitim bo‘yicha har mavsum uchun 8 million evro to‘lanishini talab qilyapti.
Mayk Menyan 2021 yili “Lill” safida Frantsiya chempioni bo‘lgan. Bir yildan keyin “Milan” bilan Italiya chempionligini nishonladi.
Fikrlar