
David Luiz va Iguain mashg‘ulot paytida Sarrining jahlini chiqarishdi (video)
“Chelsi” klubi tarkibida bugun bo‘lib o‘tadigan “Arsenal”ga qarshi Evropa ligasi final uchrashuvi oldidan jiddiy mojarolar boshlanib ketdi.
Gap shundaki, kecha 28 may kuni jamoa mashg‘ulotlari paytida himoyachi David Luiz va hujumchi Gonsalo Iguainlar o‘zaro janjallashib ketishdi. Bu voqea esa “aristokratlar” ustozi Mauritsio Sarrining qattiq jahlini chiqardi va italiyalik mutaxassis mashg‘ulot yakunlanmasidan maydonni tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasidagi Evropa ligasi final uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar