De Rossi: "Bir yil oldin B Seriya klubi meni iste’foga chiqargandi"

"Roma" Evropa ligasida yarim finalida "Bayer"ga mag‘lub bo‘ldi. Ammo klub bu ergacha etib kelishining o‘zi ham katta ishdir. Sababi, rimliklar og‘ir mavsum o‘tkazayotgandi, lekin jamoa afsonasi Daniele de Rossi vaziyatni o‘nglay oldi. 

Yarim finaldagi mag‘lubiyatdan keyin italiyalik murabbiy o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bir yil oldin meni B Seriya klubi iste’foga chiqargandi. Endi o‘z jamoam bilan faxrlanishim mumkin. Bugun zo‘r ishladik. Men har kuni o‘rganishda davom etaman. "Bayer"ni esa tabriklayman", - dedi De Rossi. 

"Roma" kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynash uchun kurashmoqda. "Bo‘rilar" hisobida 60 ochko bor va ular A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!