
De Rossi: "Kecha hatto "Real"ning himoyaga o‘tganini ko‘rdik va futbolchilarim ham vaqti kelganda shunday qilishdi"
Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
"Italiya derbisi" deya nomlangan bahsda "Roma" "Milan"ni javob uchrashuvida ham mag‘lub qila oldi. Dastlab, Manchini hisobni ochgan bo‘lsa, Dibala farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Gabbiya hisobni qisqartirdi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng rimliklar bosh murabbiyi Daniele De Rossi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Milan"ni mag‘lub etish uchun biz bexato o‘ynashimiz kerak edi. Jasorat, aql bilan 10 kishi bo‘lib o‘yinni davom ettirishimiz lozim edi.
Futbolda faqat yugurishning o‘zi etarli emas. Taktik jihatdan to‘g‘ri harakatlana olishingiz o‘ta muhim. Men shunday jamoa murabbiyi ekanimdan faxrlanaman. G‘alabani qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi, chunki "Milan" juda kuchli ekanini hamma yaxshi biladi.
Kecha hatto "Real"ning himoyaga o‘tganini ko‘rdik va futbolchilarim ham vaqti kelganda shunday qilishdi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar