
De Xea Saudiyaning bir yo‘la ikki klubi bilan muzokara olib boryapti
"Manchester Yunayted" klubi sobiq darvozaboni David De Xea Saudiya Arabsitoni chempionatining ikki klubi bilan muzokara olib bormoqda.
Ispaniyalik posbon katta futbolga qaytish niyatida. Unga ayni damda "Al Shabab" va nomi oshkor qilinmagan klub qiziqish bildirmoqda.
"Qizil iblislar" bilan shartnomasini uzaytirmalikka qaror qilganidan so‘ng, De Xea 2022/23 yilgi mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ni tark etgandi. Bir yildan ortiq tanaffusga ega bo‘lgan futbolchiga Saudiya klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Rud Galletti.
David so‘nggi 10 yil ichida Premer liganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida ko‘riladi. Sababi u ikki marta APLning "oltin qo‘lqopi"ni qo‘lga qiritgan va besh marta mavsumning ramziy jaomasiga kiritilgan. Shuningdek, u 4 marta "Manchester Yunayted"ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Fikrlar