De Yong APLga ketishi mumkin!

  • 14 fevral, 2024, 21:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Jerar Romeroning xabariga ko‘ra, Londonning "Tottenxem" klubi niderlandiyalik xavbek uchun 60 million evro to‘lashga tayyor. Bundan tashqari "shporlar" de Yongga "Barsa"dagi maoshi, ya’ni yiliga 37,5 million evro to‘lashga ham rozi.

Biroq, 26 yoshli futbolchi ma’lum shartlarni bajargan taqdirdagina bu maoshni olishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq "ko‘k-anorranglilar" iqtisodiy muammolarni qisman yopish uchun yozda de Yongni sotishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!