De Zerbi "Tottenxem" taklifini ko‘rib chiqishga tayyor

  • 30.03.2026 15:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Roberto De Zerbi Londonning "Tottenxem" klubidan tushgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq sobiq "Marsel" bosh murabbiyi yozgacha London klubida ishlashga rozi bo‘lmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yakshanba kuni esa "shporlar" Igor Tudor bilan xayrlashganini rasmiy e’lon qildi.

Jurnalist Janluka Di Marcio ma’lumotiga ko‘ra, "Tottenxem" italyalik mutaxassisga 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Shuningdek, klub unga yaqin bir necha mavsum ichida kuchli va raqobatbardosh jamoa tuzish bo‘yicha kafolatlar ham bergan.

Aynan shu omillar De Zerbini taklifni jiddiy ko‘rib chiqishga undagan. Manbada aytilishicha, keyingi bir necha soat ushbu muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ayni paytda "Tottenxem" Angliya Premyer-ligasi jadvalida mavsum tugashiga 7 tur qolgan bir paytda 17-o‘rinni egallab turibdi va jamoa quyi ligaga tushib ketish hududidan atigi 1 ochko yuqorida joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!