Dekuga yana bir vazifa topshirildi

  • 19 iyul, 2024, 17:48
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotganidan xabaringiz bor. Futbolchining o‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tishga qarshi emas. Ushbu transferdan keyin Deku boshqa bir hujumkor futbolchini La Ligaga olib kelish ustida ishlashi kerak bo‘ladi. 

Tecno

2007-2014 yillar davomida "Barsa" akademiyasida tahsil olgan Dani Olmo uyga qaytishi mumkinligi borasida mish-mishlar tarqalmoqda. Uning tovon puli 60 million evro va bu summani Ispan grandi to‘lay olmasligini Deku ma’lum qilgan. "Leyptsig" esa narxni tushirishi qiyin masala, lekin portugaliyalik mutaxassis kelishishga harakat qilib ko‘radi. 

Dani Olmo - Another 'Made in La Masia' player starring away from home -  Barça News

Olmo uchun kurashda "Manchester Siti"ni ham borligi bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligini bildiradi. Sababi, shaharliklar" nemislar xohlayotgan summmani to‘lay oladi. 

Dani yakuniga etgan Evro turnirida o‘z bahosini ko‘tarib oldi. U Ispaniya uchun 5 ta golda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, Angliyaga qarshi final o‘yinining so‘nggi daqiqalarida jamoasini goldan qutqarib qolgani ham futbolchining "xaypiga ishladi". 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!