
Denis Istomin Tailanddagi yurishini boshladi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin uchinchi davraga chiqdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Denis turnirning ikkinchi davrasida kolumbiyalik Santyago Xiraldoga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:3, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Endi D.Istomni musobaqaning chorak finaliga chiqish uchun italiyalik Federiko Gayoga bilan o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar