Dibalaning ahvoli qanday?
“Yuventus” forvardi Paulo Dibala o‘zining jismoniy holati haqida gapirib o‘tdi.
“Men koronavirus bilan og‘ridim, ammo hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Men hali ham 100% tayyor emasman. Biz mashg‘ulotlarga qaytdik va tez orada o‘zimizning sevimli ishimizni boshlaymiz”, - deydi argentinalik futbolchi.
“Yuventus” safida Dibaladan tashqari shuningdek, Daniele Rugani va Blez Matyuidi ham koronavirusga chalinishgan edi. Turin klubi karantindan keyingi ilk bahsini 12 iyun kuni “Milan”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar