Dibalaning keyingi manzili London yoki Barselona bo‘lishi mumkin

  • 18 aprel, 2024, 17:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" etakchisi Paulo Dibala faoliyatini Angliya yoki Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Unga "Chelsi" va "Barselona" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Hozirda futbolchining o‘zi Rimda baxtli ekanini aytyapti. Ammo qulay taklif bo‘lsa, vaziyat keskin o‘zgarib ketishi ham ehtimoldan holi emas.

Ayni vaqtga kelib, 30 yoshli Paulo A Seriyaning 22 o‘yinida ishtirok etdi va o‘z nomiga 12 gol hamda 8 assistni rasmiylashtirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!