
Dide Drogba Mbappedan "qarzini" uzdi
"Oltin to‘p 2019" taqdirlash marosimida boshlovchi ro‘lini bajarib bergan Dide Drogba Kilian Mbappe bilan sahnaning o‘zidayoq selfi qildi.
"Chelsi" sobiq futbolchisi ushbu holatni frantsiyalik forvarddan 10 yillik qarzni qaytarilishi deb izohladi.
"10 yil oldin "Chelsi" va "Barselona" o‘yinidan so‘ng, bir yigit oldimga keldi va men bilan rasmga tushishni xohladi. Men esa hakamlarning haarakatidan noroziligim sabab ushbu taklifni rad etdim. Keyin o‘sha yigit Kilian Mbappe bo‘lganini bildim. Hozir qarzimni qaytaryapman", - deydi Drogba.
Fikrlar