Diego Simeone: Biz 7 yildan buyon shunday usulda o‘ynayapmiz, o‘zgarishimiz qiyin

"Yopiq va qiyin o‘yin bo‘ldi va ko‘p narsalarni o‘ylab ko‘rishga majbur etdi mazkur bellashuv. Biz g‘alabaga yaqin edik, ammo raqiblar o‘yin so‘nggida ajoyib hujum tashkil etishdi va gol kiritishdi.

Jamoalarning hech birida yaqqol golga tortadigan vaziyat yuzaga kelmadi. Bugun taktik qarama-qarshilik bo‘ldi. Menga o‘z jamoamning o‘yini yoqdi. Biz etti yildan beri shunday futbol ko‘rsatib kelamiz, o‘zgarishimiz qiyin. Ammo, albatta, men tezda to‘pni olib chiqib, qarshi hujumlarda yaxshiroq harakat qilishimizni xohlayman ", - dedi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!