Dilshod Jo‘raev endi boshqa klubda to‘p suradi
2023 yilgi mavsumni “Buxoro” safida o‘tkazgan yarim himoyachi Dilshod Jo‘raevning jamoa bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etdi. Shu sababli futbolchi buxoroliklar bilan xayrlashdi.
Jamoa sardori sifatida to‘p surgan Jo‘raev o‘tgan yilgi mavsumda hammasi bo‘lib “Buxoro”da 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol ham urdi.
Ayni paytda Dilshod Jo‘raevning oldida variantlar bor va muzokaralar davom etyapti.
P.S. Tez orada futbolchining Sports.uz saytiga bergan intervyusini o‘qishingiz mumkin.



Fikrlar