"Dinamo" Edem Nemanov bilan shartnomani uzaytirdi

  • 12.12.2025 13:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" jamoasi o‘z futbolchilari bilan shartnomalarni yangilamoqda.

Tecno

"Edem Nemanov «Dinamo» bilan kelishuvni uzaytirdi.

«Dinamo» PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.

2025 yilgi mavsum boshida jamoamiz safiga qo‘shilgan darvozabon Edem Nemanov Vadim Abramov murabbiyligida katta o‘sishga erishdi va «Dinamo»ning o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasi takrorlanishiga va kubokda yarimfinalga qadar etib borishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Samarqanddagi o‘yinlari orqali O‘zbekiston olimpiya jamoasidan ham chaqiruv olib, munosib o‘yin ko‘rsatdi. Jamoamiz 21 yoshli darvozabon bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirdi va u 2026 yil oxirigacha «Dinamo» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Umid qilamizki, mamlakatimizning eng iqtidorli golkiperlaridan biri sanalmish Edem Nemanov 2026 yilgi mavsumda ham «Dinamo» sharafini munosib himoya qilib, bildirilgan ishonchni oqlaydi", - deya xabar berdi klub matbuoti xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!