
"Dinamo" o‘z safiga "Paxtakor" tarbiyalanuvchisini qo‘shib oldi
«Dinamo» jamoasi o‘z tarkibini yana bir futbolchi bilan kuchaytirdi. Bu safar samarqandliklar safiga hujumchi kelib qo‘shildi.
«Dinamo» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «Paxtakor» futbol klubi tarbiyalanuvchisi, birinchi davrani «Qo‘qon-1912» jamoasi safida o‘tkazgan 22 yoshli hujumchi Andrey Sidorov ikkinchi davrani «Dinamo» safida o‘tkazadigan bo‘ldi.
«Paxtakor» klubiga tegishli Sidorov ikkinchi davrani Samarqand klubida ijara asosida o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, Andrey Sidorov birinchi davrada «Qo‘qon-1912» safida 12 o‘yinda maydonga tushib, 361 daqiqa to‘p surgan.
Ma’lumotnoma:
Andrey Sidorov
1995 yil 26 may kuni Toshkentda tug‘ilgan.
Ampluasi: hujumchi.
2016 yilda «Paxtakor» safida Oliy Ligada debyut qilgan. 2017 yilgi chempionatning 1-davrasini «Qo‘qon-1912» jamoasi safida o‘tkazgan.
Fikrlar