“Dinamo” – “Navbahor” bahsini kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, Superliga 6-turi doirasida "Navbahor" Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin 26 aprel kuni soat 17:30da boshlanadi va “Sport” telekanali orqali jonli tarzda namoyish etiladi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ushbu uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing ortda qolgan 5ta turidan so‘ng "Dinamo" 7 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi, "Navbahor" hisobida ham xuddi shuncha ochko bor. Biroq, "lochinlar" to‘plar nisbatiga ko‘ra samarqandliklardan bir pog‘ona yuqoridan joy olishgan.

Fikrlar