"Dinamo"ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 23 noyabr, 2021, 21:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Dinamo” klubi matbuot xizmati 2007 yildan buyon davom etayotgan an’anasiga sodiq qolib, 2021 yil yakunlariga ko‘ra, jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Tecno

Avvalgi yillarda “Dinamo”ning yil futbolchisi klubning rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlangan bo‘lsa, so‘nggi ikki mavsumda telegramdagi rasmiy kanalida tashkil etilgan ovoz berish orqali aniqlandi.

Hafta davomida o‘tkazilgan so‘rovnomada mavsumni barqaror o‘tkazgan jamoa a’zolari - Dmitro Sidorenko, Obid Jo‘raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Humoyun Sherbo‘taev, Sardor Eminov va Shohruxbek Abdurahmonov singari o‘yinchilar ishtirok etishdi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, yil davomida barqaror to‘p surib, 8 ta gol hamda 5 ta assistga hammualliflik qilgan 22 yoshli Shohruxbek Abdurahmonov so‘rovnomada eng ko‘p – 66 % ovozga ega chiqib, “Dinamo”ning 2021 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu mavsumdagi “yil o‘yinchisi” nominatsiyasi g‘olibini Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nurullaev taqdirladi.

Keyingi o‘rinlar yosh yarim himoyachi Humoyun Sherbo‘taev, himoyachilar Muhammadqodir Hamraliev, Obid Jo‘raboev, Dmitro Sidorenko va Sardor Eminovga nasib qilgan.

2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so‘rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan “Dinamo”ning “mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi” nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko‘rilgan:

“Dinamo”ning “yil futbolchisi” nominatsiyasi g‘oliblari:

2007 yil – Farhod Tojiev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – [Devid Oniya]

2012 yil – Ivan Nagaev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.

2015 yil – Kamoliddin Murzoev.

2016 yil – Amirjon Safarov.

2017 yil – Jasur Azimov.

2018 yil – Akmal Xolmurodov.

2019 yil – Botirali Ergashev

2020 yil – Damir Temirov

2021 yil – Shohruxbek Abdurahmonov.

Eslatib o‘tamiz, pro ligada qatnashgan "Dinamo" klubi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Neftchi" bilan birga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!