"Dinamo"ning Dubaydagi yig‘ini yakunlanmoqda

  • 22 fevral, 22:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik bosqichining so‘nggi qismini Dubayda o‘tkazgan "Dinamo" jamoasi 12 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida to‘rtta kuchli sparring raqibga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa dastlab Armaniston chempioni "Urartu"ga (1:3) qarshi maydonga tushgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda Rossiyaning uch karra chempioni "Lokomotiv"ga (1:6) qarshi o‘ynadi. Uchinchi bahsda Qozog‘istonning uch karra chempioni, UEFA Konferentsiyalar ligasi ishtirokchisi "Astana"ga (2:2) qarshi saf tortilgan bo‘lsa, so‘nggi o‘yinda Valeriy Karpin murabbiyligidagi "Rostov" (1:3) klubi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Qayd etish joiz, Dubaydagi o‘rtoqlik o‘yinlarida natija emas, aynan kuchli raqiblarga qarshi sinov o‘yinlari o‘tkazish maqsad qilingandi. "Dinamo"ning Dubaydagi mashg‘ulotlari 24 fevralga qadar davom etib, shu kuni jamoa O‘zbekistonga qaytadi.

Superliga startidan oldingi yakuniy mashg‘ulotlar Toshkentda davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурат
22/02/2025 22:52
Юкари уринлар учин курашични хокласа Динамо ярдам бераман хазил эмас бу хакийкат