Diyor Imomxo‘jaev: Andijonga katta futbol kerakmi yoki yo‘q? Klubda muammolar bor. Albatta, ularning echimi ham bor

  • 19 aprel, 2022, 13:02
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi paytlarda "Andijon" klubi atrofida turli gap-so‘zlar yangramoqda. Jamoada vaziyat qanday ekanligini bilish maqsadida PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev Andijonga tashrif buyurdi.

Tecno

Andijonga keldik. Klubda muammolar bor. Albatta, ularning echimi ham bor. Faqatgina viloyat o‘zi uchun bir masalani aniqlab olishi kerak: Andijonga katta futbol kerakmi yoki yo‘q?

"Andijon" kichik xususiy klublari bilan ham bosqichma-bosqich o‘sish imkoniyatiga ega va bu aslida eng to‘g‘ri yo‘l. Biz 2020 yilda ham aynan shu yo‘lni taklif qilganmiz, investorlar ham shuni afzal bilgan. Biroq o‘sha vaqtda boshqa yo‘lni tanlagan taraf bugun bir chetda qarab turishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yo‘nalish tanlab olindimi — uni amalga oshirish lozim.

Uzoq yillar davomida viloyatning asosiy jamoasi ba’zilar uchun pul eyishning asosiy manbai bo‘lib keldi. Afsuski, bunda na infrastruktura rivojlantirildi va na viloyat jamoasi katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bugungi PFL buning sabablarini to‘liq o‘rgangan, muammolar nimada ekanini jamoatchilikka ochiq bildirgan hamda eski xatolarni takrorlamaslik yo‘lidan yuradi.

Buning evaziga so‘nggi ikki yilda "Andijon" klubi printsiplari yaxshi tarafga o‘zgardi. Investorlar klub va infratuzilma uchun etarli darajada mablag‘ kiritdi. Mana shunday holatda ularda tabiiy savol paydo bo‘ladi: nima uchun yoki nimaning evaziga? Hech bir tadbirkor hech qaerda uzluksiz chiqim qilish uchun futbol klubini yuritmaydi. Bugun Andijonda shu masalaga oydinlik kiritib olinishi shart.

Kun "Andijon" futbol klubiga va uning atrofidagi masalalarga qaratiladi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Попов Дмитрий
19/04/2022 13:35
"Бунинг эвазига сўнгги икки йилда "Андижон" клуби принциплари яхши тарафга ўзгарди. Инвесторлар клуб ва инфратузилма учун етарли даражада маблағ киритди. Мана шундай ҳолатда уларда табиий савол пайдо бўлади: нима учун ёки ниманинг эвазига? Ҳеч бир тадбиркор ҳеч қаерда узлуксиз чиқим қилиш учун футбол клубини юритмайди. Бугун Андижонда шу масалага ойдинлик киритиб олиниши шарт."

Ты сам понял, чё сказал?!! "Это белое, но тут же всё в чёрном!" - болтун. К тому же сам всё время "поддерживал" Андижан и даже сделал для них исключения в регламенте 2021 года на счёт заявки легионеров, плюнув в лицо другим клубам, успевшим заплатить за них. Потому что вместе с их руководителями аферистами был заинтересован.
Кстати, "помог" он двум частным клубам в прошлом году - "Турону" и "Андижану". ПОМОГ УМЕРЕТЬ и с треском вылететь из Суперлиги.
ВОТ ТАК ПОМОГАЕТ ПФЛ и ЕЁ ДИРЕКТОР.
А теперь чё - не договорились вовремя на сезон, да?..