
Diyor Imomxo‘jaev: "Turon", "Andijon", "Yangier", "Istiqlol" kabi klublarni qo‘limizdan kelganicha himoya qilamiz
O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev bugun bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona" - "Turon" (1:0) uchrashuvida hakam tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatodan so‘ng, Superliga o‘yinlarida VAR tizimi imkon qadar ko‘proq o‘yinlarda ishlashini ma’lum qildi.
"Coca-Sola Superligada VAR ishlaydigan o‘yinlar sonini ko‘paytirish ustida ishlaymiz.
Keyingi safarimiz birinchi galda Yaypanga bo‘ladi. Boisi, "Turon" bugun hakamlikdan aziyat chekkan bo‘lsa, bir necha oydan buyon soliq organlari sabab, aziyat chekmoqda. Bu ketishda misqollab yig‘ayotgan xususiy klublarimizni ham yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.
Biz bir yil avval, o‘xshash mavzu yuzasidan "Turon" bilan birgalikda sudda yonma-yon ishtirok etgandik. Bundan keyin ham "Turon", "Andijon", "Yangier", "Istiqlol" kabi klublarni qo‘limizdan kelganicha himoya qilamiz. Aynan shunday klublar futbolimiz ertasini belgilab berishi mumkin.
"Turon" katta futbol uchun katta chiqim qildi. Uning boshqaruvida bu kabi muammolarga tayyor insonlar bor. Biz shunday muammolardan keyin qo‘l siltab ketishimiz emas, ularga qarshi birga kurashishimiz kerakligini ular yaxshi tushunib turishibdi", - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar
Кўп гап эшшакка юк, Сиздан халқ кутадигани натижа. Нима иш қилдиз шуни сарҳисоби...
Агар натижа бўлмаса, яъни футболга адолат олиб кирилмаса, нопрофессионаллар ишларини давом эттираверса, Сизга ҳам чиқиш эшиклари кўрсатилиши мумкин...