Diyor Imomxo‘jaev: Umid qilamizki, katta o‘yinlar tez orada Qarshiga ham nasib etadi!

  • 19 mart, 2022, 22:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev jarayon natijalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichi bizga 2 ta dahshatli guruhni taqdim etdi: "A" va "G" guruhlari.

Qizig‘i, finalga Buxoro mezbonlik qiladi. Ammo unda "Buxoro"ning o‘zi ishtirok etishi so‘roq ostida. Sababi klub Superliganing uch vakiliga qarshi kurash olib borishi kerak. Shularning 2 tasida u safar o‘yinida ishtirok etadi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham kubok o‘yinlarida barcha jamoalarga omad tilaymiz. Menimcha, buxorolik futbol muxlislarining ikki yildan buyon katta futbolni o‘z arenalarida tomosha qila olmayotganliklariga final mezbonligi yaxshi kompensatsiya bo‘ldi. Umid qilamizki, katta o‘yinlar tez orada Qarshiga ham nasib etadi. Zero shahar va uning bosh klubi bunga munosib".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!