Diyorbek Odilov — “Markaziy Osiyo ochiq chempionati” gʻolibi!
Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati hamda “Markaziy Osiyo ochiq chempionati”ning navbatdagi kuni ham yakunlandi.
-65 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Diyorbek Odilov dast koʻtarishda 127 kg, siltab koʻtarishda esa 153 kg natija qayd etib, ikki kurash yakuniga koʻra 280 kg natija bilan “Markaziy Osiyo ochiq chempionati” gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, sportchimiz musobaqada 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga ega chiqdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar