
Dmitriy Xudyakov O‘zbekiston pankration terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi
Joriy yilning 29 may kuni O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tomonidan pankration sport turi bo‘yicha bosh murabbiy tayinlash marosimi o‘tkazildi.
Assotsiatsiya prezidenti Hojiakbar Xakimov "FIGHT BAZA" klubining asoschisi va murabbiyi Dmitriy Baxtiyorovich Xudyakovni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinladi va o‘ziga xos sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.
Shuningdek, iyun oyining so‘ngi kunlarida assotsiatsiya tomonidan pankration va greppling bo‘yicha Farg‘ona vodiysida "Yangi O‘zbekiston" kubogi turniri o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu turnirga oid matbuot anjumani ham Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar