
Donnarumma ketadi! Klub sport direktori buni tasdiqladi
"Milan" klubi sport direktori Paolo Maldini jamoaning ko‘pyillik darvozaboni Janluiji Donnarumma "rossonerilar"ni tark etayotganini tasdiqladi.
"U haqiqiy jangchi, etakchi va sardor edi. Professional futbolchining bitta jamoada faoliyatini boshlab, shu erning o‘zida tugatishi ancha qiyin masala. Sen doim o‘z futbolkangni boshqa rangdagisiga almashtirishga tayyor turishing kerak.
Biz jamoaga qo‘lidan kelgancha yordam bergan "Jijio"ga minnatdorchilik bildirishimiz zarur. U hech qachon jamoa obro‘sini erga uruvchi ishlar qilmadi. Biroq, bizning yo‘llarimiz mana shu nuqtada ajraladi", - deydi Maldini.
Avvalroq, Donnarummaga Evropaning bir qator klublari xaridor bo‘layotgani aytilayotgan edi.
Fikrlar