Donnarumma uyiga bosqin uyushtirgan shaxs uzoq muddatga qamaldi

  • 14.09.2026 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sud Ilyas Herbushni 2023 yilda Parijda Italiya terma jamoasi vakili Janluiji Donnarummaning uyini bosishni tashkil qilganlikda ayblab, 9 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Bu haqida Le Parisien xabar berdi.

Prokuratura 21 yoshli Herbush uchun 10 yillik qamoq jazosini so‘ragan edi. U jinoyatni qamoqxona kamerasidan turib tashkil qilganlikda ayblangan. Herbush mart oyida Sen-Sen-Deni departamentidagi Vilpent qamoqxonasidan qochgan, keyinchalik esa qo‘lga olingan. Uning nomi odamlarni zo‘ravonlik bilan ushlab turish bilan bog‘liq bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha tilga olingan.

Ayblov tomoni bosqinning ikkinchi tashkilotchisi deb hisoblagan 22 yoshli M.Xian uchun prokuror 9 yillik qamoq jazosini so‘ragan edi. Biroq sud uni oqiladi.

Bosqinni amalga oshirishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi vazifasini bajargan D.Moktar esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoning 2 yilini shartli ravishda, sinov muddatı bilan o‘taydi.

2023 yil 21 iyul kuni kechasi o‘sha vaqtda PSJda o‘ynagan Donnarumma va uning homilador sevgilisi Parijdagi avenyu Montenda joylashgan xonadonda bosqinchilar tomonidan kaltaklangan. Hujum qilganlar ulardan qimmatbaho buyumlar va pullarni talab qilgan. Donnarummaning sevgilisini telefon quvvatlagichi kabeli bilan bo‘g‘ishgan, keyinchalik u homilasidan ayrilgan.

Yetti nafar erkak naqd pul, zargarlik buyumlari, soatlar va qimmatbaho sumkalarni olib ketgan. Futbolchining bahosiga ko‘ra, o‘g‘irlangan mol-mulkning umumiy qiymati bir million evroga yaqin bo‘lgan.

2025 yilda Donnarumma PSJni tark etib, “Manchester Siti”ga o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!