
"Do‘stlik" nazorat o‘yinida tojik klubini engdi
Pro liga jamoasi "Do‘stlik" Tojikistondagi yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlar doirasida birinchi nazorat uchrashuvini mahalliy "Parvoz" jamoasiga qarshi o‘tkazdi. 5 ta gol urilgan uchrashuvda "Do‘stlik" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Do‘stlik" jamoasidan Sardor Asatullaev, Sardor Xursandov hamda Ma’ruf Jumaev o‘z nomlariga gol yozdirib qo‘yishdi.
Fikrlar