Dovbikning agenti futbolchining "Roma"dagi holati haqida gapirdi

  • 16 iyun, 16:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbikning agenti Aleksey Lyundovskiy rimliklar ukrainalik futbolchini sotmoqchi degan mish-mishlarga izoh berdi:

Tecno

"Bu to‘liq safsata. Artyom — o‘tgan mavsumda "Roma"ning eng yaxshi to‘purariga aylandi, u klubdagi ilk mavsumidayoq 17 ta gol urdi. Bu ko‘rsatkichlar Edin Jeko, Abel Balbo yoki Rudi Fyoller kabi tan olingan to‘purarlarning "Roma"dagi debyut mavsumlaridan ham yaxshi. Tajribali Gaspirini esa yangi mavsumda Artyomga katta umid bog‘layapti.

Klub, haqiqatdan ham, yana bir hujumchi izlayapti — bu jamoaning hujum salohiyatini oshirish uchun qilinayotgan normal ish, ayniqsa, oldiga katta maqsadlar qo‘ygan klub uchun. Men klub rahbariyati bilan doimiy aloqadaman va Artyomning yozda transfer qilinishi masalasi umuman muhokama qilinmayapti," — deya agentning so‘zlarini "Ukrainskiy futbol" nashri keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Gaspirini Dovbikning o‘yin uslubidan mamnun emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!