Drikus Dyu Plessi: "O‘ylashimcha, Xamzat Chimaev bilan emas, Nassurdin Imamov bilan jang o‘tkazaman"

  • 15 may, 13:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Biroz avval, frantsiyalik MMA ustasi Nassurdin Imamov o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus Dyu Plessi va chechenistonlik Xamzat Chimaev to‘qnashuvi uchun zaxira jangchisi sifatida tayinlangani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, janubiy afrikalik chempion bunga o‘z munosabatini bildirib chiqdi.

“Chimaev ajoyib yigit. Hozirga qadar mag‘lub bo‘lgani yo‘q. Oxirgi jangida ham Robert Uittakerni muddatdan avval taslim etdi. Biroq u men kabi raqibga hali duch kelmagan. O‘ylashimcha, bizning to‘qnashuvimizga oz vaqt qolganida Xamzat jarohat olgani haqida xabarlar chiqadi va men yakunda Imavovga qarshi jang o‘tkazaman” - deb yozdi Drikus.

Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi va Xamzat Chimaev o‘rtasidagi qarama-qarshilik 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tishi belgilangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!