Dunyoda birinchi marta karantindan keyin futbol uchrashuvlariga muxlislarning kirishiga ruxsat berildi

  • 25.05.2020 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Vetnamda ham koronavirus tufayli to‘xtatilgan chempionat qayta tiklandi.

E’tiborlisi, Vetnam Covid-19 bilan bog‘liq barcha cheklovlarni olib tashladi va stadionlarga muxlislarning tashrif buyurishiga ruxsat berdi.

Shu tariqa Vetnam karantindan keyin futbol uchrashuvlarini tomoshabinlar bilan o‘tkazishni boshlagan dunyodagi birinchi chempionatga aylandi.

Aytish lozimki, Vetnam koronavirusdan deyarli aziyat chekmadi. Mamlakatda Covid-19 bilan bog‘liq bor yo‘g‘i 325 ta holat qayd etildi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!