Habib birinchi bo‘ldi

  • 20 may, 2020, 00:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

ESPN telekanali vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli jangchilari reytingini e’lon qildi.

Una ko‘ra, engil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov hamon reyting peshqadami bo‘lib turibdi.

Ikkinchi o‘rinni o‘rta og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni ikki divizionning sobiq chempioni Genri Sexudo yakunlagan.

Yaqinda Toni Fergyusonni nokautga uchratib, shov-shuv ko‘targan Jastin Getji ilk bor reytingda qayd etildi. Mutaxassislar uni 10-pog‘onaga loyiq ko‘rishdi.

Aytish joizki, ayni paytda Habibning bu reyting bilan ishi yo‘q. Chunki oilasidagi ahvol murakkabligicha qolmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!