Yaqinlarini yo‘qotgan Habib Nurmagomedov xalqqa murojaat qildi
UFC chempioni Habib Nurmagomedov koronavirus pandemiyasi munosabati bilan dog‘istonliklarga murojaat qilib, xalqni birlashishga chaqirdi.
“Koronavirus tufayli yuz berayotgan voqealar yuzasidan hamyurtlarimga, dog‘istonliklarga murojaat qilyapman. Hozir hamma birlashadigan payt. Tartibga, intizomga, shifokorlar talabiga amal qilaylik. Vaziyat og‘ir. Shaxsan mening yaqin qarindoshlarimdan 20 nafardan ortig‘i reanimatsiyaga tushdi. Ularning ko‘pi endi oramizda yo‘q.
Internetda otam haqida ko‘p yozishyapti. Haqiqatan uning ahvoli o‘ta og‘ir. Koronavirus tufayli yuragidagi muammolar boshlandi. O‘tgan yili operatsiya qildirgandik. Operatsiya yana takrorlandi. Allohdan uni qaytarib berishini so‘raymiz. Alloh barchamizga madadkor bo‘lsin!", - dedi Habib Nurmagomedov.

Fikrlar