
Dzyuba yana bitta gol ursa Arshavinga etib oladi
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba bundan biroz avval yakunlangan Qozog‘istonga (4:0) qarshi Evro-2020 saralash uchrashuvida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ushbu gol “Zenit” hujumchisi uchun terma jamoa safidagi 16-gol bo‘ldi. Unga ushbu natijani qayd etishi uchun 34ta o‘yin kerak bo‘ldi.
E’tiborlisi, shu tariqa u Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. U yana bitta gol ursa, bu borada Andrey Arshavin hamda Valeriy Karpinga tenglashib oladi.
Fikrlar