Dzyudo. 2 sportchimiz imkoniyatni boy berdi, Yo‘ldoshev 1/4 finalda!

  • 26 noyabr, 2021, 14:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa start oldi.

Tecno

Yilning so‘nggi "Katta Dubulg‘a" turnirida terma jamoamiz vakillari ham medallar uchun tatamiga chiqmoqda. Biroz avval -66 kg vazndagi dzyudochimiz Dilshodbek Yo‘ldoshev ikkinchi davra uchrashuvida ruminiyalik Lucian Dumitrescuni qo‘shimcha daqiqalarda og‘ritish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Uning chorak finaldagi raqibi ukrainalik Bogdan Yadov bo‘ladi.

Afsuski, Diyora Keldiyorova (-52 kg) polshalik Aleksandra Kaletaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. -60 kg vazndagi Dilshodbek Baratov esa tojikistonlik Dilshot Xalmatovga yo‘lni bo‘shatib berdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!