Dzyudo. Bobonov, Matniyazova, Oltiboev yoxud terma jamoamizning "Katta dubulg‘a" turniri uchun tarkibi ma’lum

  • 20 iyun, 2022, 17:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

24-26 iyun kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Musobaqada 5 qit’aning 30 davlatidan jami 270 (161 erkak, 109 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etish istagini bildirgan. Ular orasida o‘zbekistonlik dzyudochilar ham turnir medallari hamda muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. Biroz avval terma jamoamiz delegatsiyasi Mo‘gulistonga jo‘nab ketdi.

Terma jamoa tarkibi:

-48 kg: Gulnur Muratbaeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova

-60 kg: Kemran Nurillaev
-66 kg: Rahimjon Subhonov
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon Nomonov
-81 kg: Ramazon Allaberdiev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev.

photo_2022-06-20_17-08-50

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!