
Dzyudo: Bosniya va Gertsegovinada kadetlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Musobaqaning birinchi kunida -44 kg vazn toifasida bahs olib borgan Umidaxon Burxonjonova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yarim finalgacha etib borgan hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Mo‘g‘uliston vakilidan ustun keldi. Ortda qolgan kun dasturida yana ikki nafar dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib bordi. Ammo ular murosasiz kechgan bellashuvlarda imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Fikrlar