Dzyudo bo‘yicha terma jamoamiz Yaponiyaga yo‘l oldi
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish maqsadida Kunchiqar mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Bundan ikki yil avval O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Yaponiyaning Maydzuru shahar meriyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
Bir necha kun avval esa Maydzuru shahri meri Ryoze Tatami boshchiligidagi delegatsiya Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurgan va MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov qabulida bo‘lgandi.
Dzyudochilarimizning Yaponiya yig‘ini aynan ushbu dastur, ya’ni hamkorlik memorandumi asosida tashkil etiladi. Hozirgina terma jamoamiz delegatsiyasi Yaponiyaning Maydzuru shahriga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, yana bir necha kundan so‘ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Maydzurudagi bir haftalik yig‘in dzyudochilarimiz uchun tayyorgarlikning so‘nggi bosqich vazifasini o‘tab beradi.
Jahon chempionatida qatnashuvchi tarkibimiz:
Erkaklar
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev, Diyorbek O‘rozboev
-66 kg: Shahram Ahadov, Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatilloh To‘raev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Yahyo Imomov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Qizlar
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Murabbiylar - Farhod To‘raev, Adham Jamolov, O‘ktam Rahmonov.
Shifokor - Javlon Hasanov


Fikrlar