Dzyudo. Budapeshtdagi "Katta dubulg‘a" turnirini ikkita medal bilan yakunladik

  • 11 iyul, 2022, 00:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Vengriya poytaxtida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yana bir musobaqa o‘z poyoniga etdi. Unda etti nafar sportchi bilan qatnashgan jamoamiz turnirni kumush va bronza medallari bilan tugatdi.

Tecno

Biroz avval +100 kg vazn toifasidagi vakilimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medali uchun bellashuvni o‘tkazdi. Finlyandiyalik Marti Pumalaynenga qarshi tatamiga chiqqan Baxtiyorov ajoyib harakatlari bilan g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu natija bilan polvonimiz o‘z hisobiga jahon reytingi uchun 500, Parij-2024 yo‘lida 250 reyting ochkosini yozib qo‘ymoqda.

Shu tariqa, ikkinchi tarkib bilan tashrif buyurgan terma jamoamiz ushbu musobaqani bittadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!