Dzyudo. Bugun 1 nafar dzyudochimiz jahon chempionatida tatamiga chiqadi

  • 10.05.2023 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatarda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining bir nafar vakili tatamiga chiqadi. Ushbu kun bellashuvlarida -81 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Muso Sobirov yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hamyurtimiz dastlabki bosqichda ispaniyalik Xose Mendiolaga qarshi bahs olib boradi. Agar ushbu raqib to‘sig‘idan o‘tsa, uni ikkinchi davrada vengriyalik Attila Ungvari kutib turibdi.

-81 kg: Muso Sobirov – Xose Mendiola (Ispaniya)

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!