
Dzyudo. Bugun 5 nafar sportchimiz o‘z yurishini boshlaydi
Gruziyaning Tbilisi shahri mezbonlik qilayotgan "Katta dubulg‘a" turniri ham o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun 5 nafar dzyudochimiz gilamga chiqadi. Quyida ularning dastlabki bosqichdagi raqiblari bilan tanishing:
-90 kg: Bahodir Panjiev (O‘zbekiston) - Karomatullo Hakimov (Tojikiston)
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov (O‘zbekiston) - Dorin Gotonoaga (Moldova)
-100 kg: Otabek To‘raboev (O‘zbekiston) - Miklos Sirjeniks (Vengriya)
+100 kg: Alisher Yusupov (O‘zbekiston) - Giorgi Kavtaradze (Gruziya)
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov (O‘zbekiston) - Erasil Kajbaev (Qozog‘iston).
Fikrlar