Dzyudo. "Katta dubulg‘a" turniri ilk kunida 3 sportchimiz shoxsupaga ko‘tarildi!

  • 2 aprel, 2022, 00:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Turkiyada start olgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Kechki dasturda hamyurtimiz Sardor Nurillaev (-66 kg) ham bronza medali uchun bahsda g‘alaba qozondi.

Mo‘g‘ilistonlik tajribali Basxu Yondonperenleiga qarshi tatamiga chiqqan Sardor og‘ritish usuli bilan raqibini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa u o‘z hisobiga 500 reyting ochkosini qo‘shib qo‘yish barobarida delegatsiyamiz hisobiga musobaqadagi uchinchi medalni taqdim qildi.

Undan oldin Diyora Keldiyorova kumush, Dilshodbek Baratov bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!